AQShda birinchi marta ayol kishi moliya vaziri etib tayinlandi

AQShda birinchi marta ayol kishi moliya vaziri etib tayinlandi

AQSh Senati Janet Yellenning mamlakat moliya vaziri lavozimiga nomzodini ma’qulladi.

Bu haqda “Reuters” ovoz berish natijalariga asoslanib xabar bermoqda.

Uning nomzodini ko‘pchilik senatorlar qo‘llab-quvvatlashgan.

Ta’kidlanishicha, Yellen AQSh moliya vazirligiga rahbar etib tayinlangan birinchi ayolga aylangan. 2014 yilda esa AQSh Federal rezerv tizimining (FRS) raisi etib tayinlangan birinchi ayol bo‘lgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!