AQSh koronavirusning ikkinchi to‘lqiniga tayyormi?

AQSh koronavirusning ikkinchi to‘lqiniga tayyormi?

"Kuzda koronavirusning ikkinchi to‘lqini kuzatilishi mumkin, ammo AQSh bunga tayyor bo‘ladi", – deydi AQSh allergiya va yuqumli kasalliklar milliy instituti direktori Entoni Fauchi AQSh prezidenti Donald Tramp bilan qo‘shma konferensiyada.

"Bu paytgacha biz u bilan muomala qilish yo‘llarini qidirib topamiz", dedi Fauchi. Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘sha paytgacha virusni tekshirish va kuzatish texnologiyasi yaxshilanadi, shuningdek, vaksina tayyor bo‘lishi kutilmoqda.

"Bu sodir bo‘lmaydi deb umid qilaman, ammo agar koronavirus qaytalansa, biz tayyormiz", dedi matbuot anjumanida qatnashgan Entoni.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!