«Apple» yana ikkita ayfonini ishlab chiqarishni to‘xtatdi

«Apple» yana ikkita ayfonini ishlab chiqarishni to‘xtatdi

«Apple» kompaniyasi ayrim eski model «iPhone»larni ishlab chiqarishni to‘xtatishini ma’lum qildi. Ular «iPhone»ning «XR» hamda «11 Pro» modellari bo‘lib, ushbu modellar texnik xususiyatiga ko‘ra yangilaridan ortda qolmoqda, qolaversa, foyda ham keltirmay qo‘ygan.

«iPhone 11 Pro» o‘rniga foydalanuvchilar takomillashgan «iPhone 12 Pro» sotib olishlari mumkin. «XR»ga esa 2020 yil bahorida chiqqan «iPhone SE» munosib o‘rinbosar bo‘ladi», — deyiladi kompaniya izohida.

Eslatib o‘tamiz, 2020 yilda «Apple» jami to‘rtta eski modeldagi smartfonni ishlab chiqarishni to‘xtatdi.

Shunga qaramasdan, «to‘xtatilgan» smartfonlar to tugaguniga qadar sotuvda bo‘ladi hamda ular uchun dasturiy yangilanishlar taqdim etib boriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!