Anvar Anvarov Gresiyadagi xalqaro turnirda mavsumning eng yaxshi natijasini ko‘rsatdi

Anvar Anvarov Gresiyadagi xalqaro turnirda mavsumning eng yaxshi natijasini ko‘rsatdi

Gresiyaning Kalamata shahrida yengil atletika bo‘yicha xalqaro musobaqa bo‘lib o‘tdi. Unda ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Anvar Anvarov oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Uzunlikka sakrash sektorida ishtirok etgan yurtdoshimiz 8.17 metr natija qayd etdi.

Qayd etish joiz, musobaqada qatnashgan boshqa hech bir atlet 8 metrlik natijani takrorlay olmadi.

🥇 Anvar Anvarov (O‘zbekiston) - 8.17 metr
🥈 Amovis Dalmero (Kolumbiya) - 7.88
🥉 Jyul Pommer (Fransiya) - 7.78


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!