Angliyada uchinchi umummilliy karantin e’lon qilindi

Angliyada uchinchi umummilliy karantin e’lon qilindi

Buyuk Britaniya hukumati epidemiologik vaziyat yomonlashgani sababli Angliyada milliy karantin joriy etish va maktablarni yopish to‘g‘risida qaror qabul qildi. (https://ria.ru/20210105/koronavirus-1592009238.html) Bu haqda Bosh vazir Boris Jonson televideniye orqali xalqqa murojaatida aytdi.

«Virusning yangi turi qo‘rqinchli darajada tez tarqalmoqda. Koronavirus pandemiyasi boshlanganidan beri kasalxonalar har qachongidan ham ko‘proq bosim ostida» — dedi Jonson.

Seshanba kunidan boshlab Angliyadagi barcha maktablar masofadan ishlashga o‘tmoqda, faqat «asosiy» kasb vakillari — shifokorlar, ijtimoiy xizmatchilar, o‘t o‘chiruvchilar, polisiyachilar, yetkazib beruvchilar, sotuvchilarning farzandlari ta’lim muassasalariga qatnay olishadi. 

Aholiga ko‘chaga faqat sayr qilish, shifokorga, do‘konga borishga ruxsat beriladi. Og‘ir surunkali kasalliklarga chalinganlarga uydan umuman chiqmaslik tavsiya etilmoqda.

Yangi cheklovlar kamida fevral oyining o‘rtalarigacha amal qilishi belgilandi.
 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!