Angela Merkel Svetlana Tixanovskaya bilan uchrashadi

Angela Merkel Svetlana Tixanovskaya bilan uchrashadi

Germaniya kansleri Angela Merkel Belorussiya hukumatining muxolifi bo‘lgan Svetlana Tixanovskaya bilan uchrashadi. Ushbu uchrashuv 6 oktyabrda Berlinda bo‘lib o‘tadi.

Lukashenkoning asosiy oppozisiyasi bo‘lgan Svetlana Tixanovskaya bundan oldin Fransiya prezidenti Emmanuyel Makron bilan ushrashgandi.

Tixanovskaya 9 avgust kungi saylovlardan keyin o‘z xavfsizligini o‘ylab Belorussiyani tark etgandi. U Litvadan turib belorussiyaliklarga videomurojaatlar yo‘lladi.

Ayni paytda Belorussiyada siyosiy beqarorlik va Lukashenkoga qarshi xalq namoyishlari davom etmoqda. Lukashenko o‘zining qasamyodini yashirincha o‘tkazib olib, rasman prezidentlik lavozimiga kirishgan bo‘lsa-da, ko‘pchilik davlatlar uni Belorussiya rahbari sifatida tan olmayapti. Shuningdek, Yevropa Ittifoqi Belorussiyaga nisbatan yangi sanksiyalarni joriy qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!