Ana xolos! Rossiyada Vladimir Putin "dafn qilinib", qabrtosh o‘rnatildi (foto)

Ana xolos! Rossiyada Vladimir Putin "dafn qilinib", qabrtosh o‘rnatildi (foto)

Rossiyaning Naberejniye Chelni shahrida siyosiy faollardan bo‘lgan Karim Yamadayev prezident Vladimir Putinning qabrtosh ini qo‘ygan holda hududiy tergov boshqarmasi binosi oldida miting o‘tkazganlikda gumonlanib qo‘lga olindi. Bu haqda Daryo nashri xabar berdi.

Norozilik aksiyasi 10 mart kuni o‘tkazilgan. Shu kuni Rossiyaning turli shaharlarida Internet erkinligini talab qilib mitinglar o‘tkazilgan. Taxminan soat 08:30 da tergov boshqarmasi binosi oldida metall panjara va Rossiya prezidenti Vladimir Putinning tug‘ilgan va vafot etgan yillari: 1952 2019-yozilgan qabrtosh qo‘yilgan.

Xabarda aytilishicha, ishtirokchilar bunga Putin erkin internetni dafn qildi, Naberejniye Chelni aholisi Putinni dafn qildi , deb izoh bergan.

Karim Yamadayev 10 mart kuni qo‘lga olinib, Naberejniye Chelni markaziy milisiya bo‘limiga olib ketilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!