Ana xolos! Garvard universitetida nega talabalar yalang‘och tarzda suratga olingan?

Ana xolos! Garvard universitetida nega talabalar yalang‘och tarzda suratga olingan?

1940–1970 yillar orasida Garvardda birinchi kursga kirganlarning barchasi uchun juda g‘alati majburiy qoida mavjud edi. Jinsidan qat’i nazar, barcha talabalar universitet fotosuratchisi tomonidan yalang‘och tarzda suratga olinardi.

Rasmiy jihatdan bu fotosuratlar olim Uilyam Herbert Sheldon uchun kerak bo‘lgan, deb ishoniladi. Ushbu fotosuratlar yordamida u qad-qomat bilan bog‘liq nuqsonlarni o‘rganib chiqqan ekan.

Ammo norasmiy taxmin ham mavjud. Ba’zi maxfiy qo‘lyozmalarda Sheldon yalang‘och o‘quvchilarning fotosuratlaridan odamning aqli va tanasi o‘rtasidagi aloqani o‘rnatish uchun foydalangan deb taxmin qilinadi. Sheldon psixolog bo‘lganligini hisobga olib, ushbu variantni to‘g‘ri deb hisoblash mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!