Amerikaning CNN telekanali Donald Tramp va uning ma’muriyatini sudga berdi

Amerikaning CNN telekanali Donald Tramp va uning ma’muriyatini sudga berdi

Amerikalik CNN telekanali Donald Tramp va uning ma’muriyatini sudga berdi. Telekompaniya , AQSh prezidenti bilan matbuot konferensiyasida qatnashib, prezident bilan tortishib qolgan jurnalistga akkreditasiyaning qaytarilishini talab qilmoqda- deya xabar bermoqda "Exo Moskvi".

CNN muxbiri Jim Akostaning akkreditasiyadan mahrum qilinishi, AQSh Konstitusiyasining so‘z erkinligi to‘g‘risidagi dastlabki tuzatishlarini buzish hisoblanadi, deyilmoqda, telekompaniya da’vosida.

Unda qayd etilishicha, bu vaziyat mansabdor shaxslarning ishlarini yorituvchi barcha jurnalistlarga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Javobgarlar orasida Donald Tramp va yana besh kishi: Oq uy ma’muriyati rahbari, uning o‘rinbosari, prezidentning matbuot kotibi, maxfiy xizmat direktori va jurnalistni hujjatni olib qo‘ygan agent bor.

Akostaning Oq Uyga kirishi uchun, Kongressning oraliq saylovlari bo‘yicha Trampning matbuot anjumanidan keyin taqiq qo‘yilgan edi. Jurnalist qat’iy ravishda prezidentga qayta-qayta savollarini takrorlab berishga uringan va o‘z navbatida, mikrofonni assitentga bermagan edi. Avval ham CNNni bir necha marta tanqid qilgan Tramp, javob berishdan bosh tortgan va muxbirni "qo‘pol va vahshiy odam" deb atagan.

Ertasi kuni Oq Uy Akostani noto‘g‘ri xatti-harakatlari, shu jumladan, qizga qarshi jismoniy kuch ishlatganligi tufayli akkreditasiyadan mahrum qilishlari xaqida bayonot berilgan. O‘z da’vosida CNN jurnalistning, yordamchi qizga teginmagani va qizdan uzr so‘raganligini ta’kidlaydi.

Oq Uy, bu da’volardan xabardor ekanini aytdi. Shuning u yerda (sudda) o‘z pozisiyasini himoya qilish niyatida ekanligini ma’lum qilishgan.

Manba: ufq. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!