Almatidan Nur-Sultonga parvoz qilayotgan samolyot quladi (video)

Almatidan Nur-Sultonga parvoz qilayotgan samolyot quladi (video)

Almatidan Nur Sultonga parvoz qilgan samolyot halokatga uchradi. Yo‘lovchi samolyot Almatida uchish chizig‘idan tashqaridaligi aniqlangan, deb xabar qilmoqda Sputnik Qozog‘iston FVV ma’lumoti asosida.

"Bugungi kunda Bek Eyr" aviakompaniyasiga qarashli 2100 reys bilan Almatidan Nur-Sultonga parvozni amalga oshirayotgan samolyot reja bo‘yicha 7:05da uchgan va radardan yo‘qolgan. Bortda 95 yo‘lovchi va 5 nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan", - deyiladi Almati aeroporti xabarida.

Hozirgi vaqtda 7 kishi halok bo‘lgani ma’lum qilingan.

Qozog‘iston bosh vaziri topshirig‘i bilan bosh vazir o‘rinbosari boshchiligida hukumat komissiyasi tuzilgan. Komissiya tarkibidan Qozog‘iston Respublikasi sanoat va infratuzilmani rivojlantirish vaziri va boshqa davlat organlari vakillari o‘rin olgan. Komissiya favqulodda holat yuz bergan joyga yetib kelgan. Fojia sabablari aniqlashtirilmoqda.

So‘nggi xabarlarga ko‘ra, Qozog‘iston prezidenti Kasim-Jomart Tokayev aviahalokat qurbonlari qarindoshlariga ta’ziya bildirgan va aybdorlar jazolanishini aytgan.

​Almatida ayni vaqtda tez yordam mashinalariga yo‘l bo‘shatish uchun transport harakati tezlikda tartibga solinmoqda.

Hodisa joyida yo‘l patrul polisiyasi xodimlari ishlashmoqda, transport harakatini tartibga solishmoqda. Tez tibbiy yordam mashinalari Almati aeroporti markaziy kirish qismiga yetib kelishda davom etmoqda.

Jabrlanganlarning aksariyat qismi shahar kasalxonalariga olib ketilgan, hodisa joyida esa o‘ndan ortiq tibbiy yordam mashinalari borligini kuzatish mumkin.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!