Akademik liseylarga kirish uchun ham DTM orqali test topshiriladi

Akademik liseylarga kirish uchun ham DTM orqali test topshiriladi

Kecha Prezident “Iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimi va akademik liseylar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabariga ko‘ra, iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularni akademik liseylarga saralab olish, chuqurlashtirilgan ta’lim dasturlari asosida o‘qitishga alohida e’tibor qaratiladi.

Unga ko‘ra: 

👉 Akademik lsiyeylarda umumta’lim fanlari soati hisobiga chuqurlashtirilgan fanlar soati oshiriladi hamda ularning ulushi kamida 50 foizga yetkaziladi.

👉 Ta’lim bosqichlari uzluksizligini ta’minlash maqsadida OTMlarning turdosh ta’lim yo‘nalishlarida takroran o‘qitiladigan fanlar akademik liseylar o‘quv dasturidagi tegishli fanlar bilan unifikasiya qilinadi.

👉 Akademik liseylarda o‘qish davrida unifikasiya qilingan fanlarni o‘zlashtirgan, oliy ta’lim muassasalarida talabalikka qabul qilingan ta’lim oluvchilar uchun ushbu fanlarni o‘zlashtirish ixtiyoriy hisoblanadi.

2021/2022 o‘quv yilidan boshlab: 

👉 akademik liseylarga hujjat topshiruvchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining rasmiy veb-sayti orqali amalga oshiriladi.

👉 Kelgusi o‘quv yilidan boshlab akademik liseylarga iqtidorli yoshlarni saralab olishda Davlat test markazi tomonidan tanlangan yo‘nalishga mos 2 ta fan bo‘yicha hamda intellektual qobiliyat darajasi (IQ)ni aniqlab beruvchi test sinovlari o‘tkaziladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!