Adolatga eng yaxshi ta’rif qaysi kitobda?

Adolatga eng yaxshi ta’rif qaysi kitobda?

Garvard universitetining markaziy kutubxonasi kirish eshigi tepasiga insoniyat tarixida adolat tushunchasi ta’rifini mukammal ifodalagan jumla sifatida Mushafi sharifning Niso surasi 135-oyati yozib qo‘yildi.

Alloh taolo marhamat qiladi: “Ey, iymon keltirganlar! Adolat ila turing hamda agar o‘zingiz, ota-onangiz va qarindoshlaringiz ziddiga bo‘lsa ham Alloh uchun to‘g‘ri guvohlik beruvchi bo‘ling. Agar u boy bo‘lsa ham, kambag‘al bo‘lsa ham Alloh unga yaqinroqdir. Havoyi nafsga ergashib, adolatsizlik qilmang. Agar tilingizni bursangiz yoki yuz o‘girib ketsangiz, albatta, Alloh nima qilayotganingizdan xabardordir”(Niso surasi 135-oyat).

Garvard universitetining rasmiy saytida e’lon qilingan sharhda yozilishicha, Qur’ondagi ushbu oyat satrlari adolat tushunchasining qudrati va betakrorligini isbotlaydi. Uni mahkam tutish orqali inson adolat va oliyjanoblikka intiladi.

Bahriddin Xushboqov


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!