82 yoshli musulmon ayol 2020 yilning eng nufuzli odamlari ro‘yxatiga kirdi

82 yoshli musulmon ayol 2020 yilning eng nufuzli odamlari ro‘yxatiga kirdi

“Time” jurnali Dehli shahrida yashovchi 82 yoshli hindistonlik musulmon ayol Bilqisni 2020 yilning eng nufuzli odamlari qatoriga kiritdi. Keksa ayol Hindistonda musulmonlarni mamlakatda yashash huquqidan mahrum qilishi mumkin bo‘lgan munozarali fuqarolikni o‘zgartirish to‘g‘risidagi qonunga qarshi namoyishlar paytida xalqning ovoziga aylandi.

Musulmon ayol uch oydan ko‘proq vaqt davomida namoyishlarda qatnashgan. Dehlidagi norozilik lagerida o‘tirganida, u bir qo‘lida tasbeh, ikkinchi qo‘lida esa davlat bayrog‘ini ushlagan edi.

"Bilkis o‘z vatanida yashash huquqini himoya qilgani uchun panjara ortiga tashlangan va butun mamlakat bo‘ylab tinch namoyishlarga ilhom bergan faollar va talaba rahbarlariga umid hamda kuch bag‘ishladi", deb yozgan hind jurnalisti Rana Ayub u haqida. 

"Men bu yerda bu mamlakat va dunyo bolalari adolat hamda tenglik havosidan nafas olishlari uchun tomirlarimda qon oqib turar ekan o‘tiraveman", degan keksa ayol jurnalistga


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!