77 yoshli angliyalik multimillioner 32 yoshli o‘zbekistonlik qizga uylandi

77 yoshli angliyalik multimillioner 32 yoshli o‘zbekistonlik qizga uylandi

Angliyada 25 yillik turmush o‘rtog‘i bilan ajrashgan musulmon lord o‘zidan 45 yosh kichik o‘zbekka uylandi. 77 yoshli Muhammad Iltaf 32 yoshli Guli Murodovani 2013 yilda u ofisiant bo‘lib ishlaydigan kafeda uchratgan. Ular o‘rtasida lordning o‘sha vaqtdagi rafiqasi ledi Shaydu Shixni jig‘ibiyron qiladigan darajada yaqin aloqalar vujudga kelgan, deb yozmoqda Qalampir.uz nashri.

Murodova O‘zbekistonga qaytgan, biroq multimillioner lord Shayx uni izlab kelgan. Juftlik 2012 yil dekabr oyida Londonda bo‘lib o‘tadigan islomiy marosimda turmush qurishi kerak bo‘lgan. Ammo bu marosim bo‘lmay qolgan. Lord Shayx birinchi xotini bilan ajrashib, o‘tgan yilning dekabr oyida Murodovaga uylangan.

To‘y marosimi besh yulduzli Grosvenor House mehmonxonasida bo‘lib o‘tgan. Tantanada lordning oila a’zolaridan kimdir qatnashganmi yo yo‘q noma’lum. Lord Shayxning yangi rafiqasidan 15 yosh katta qizi bor.

Murodova bo‘lsa o‘zini Ledi Guli deb e’lon qilib ulgurgan. Juftlik Londondagi xorijiy elchixonalarda bo‘lgan qator tadbirlarda qatnashgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!