48-o‘lim! Toshkentda koronavirusga chalingan 51 yoshli erkak vafot etdi

48-o‘lim! Toshkentda koronavirusga chalingan 51 yoshli erkak vafot etdi

Shayxontohur tumanida yashovchi 51 yoshli R.N. (erkak)ni so‘nggi 3-4 kun davomida hansirash bezovta qilgan. 

4 iyul kuni Toshkent shahar tez tibbiy yordam shifoxonasiga yotqizilgan va “COVID-19” infeksiyasiga namuna olinib, infeksiya bilan kasallanganligi tasdiqlangan. Ko‘krak qafasi rentgen tekshiruvidan o‘tkazilganda ikki tomonlama pnevmoniya aniqlangan.

Davolanish dinamikasida bemorning ahvoli og‘irlashib, nafas yetishmovchiligi va hansirash kuchaygan. Shundan so‘ng u 1-son shahar klinik shifoxonasining reanimasiya bo‘limiga o‘tkazilgan. Bemor bundan avval epilepsiya kasalligi bilan nazoratda turgan, 2-guruh nogironi.

Shifoxonada bemor bir necha marta Sog‘liqni saqlash vazirligi mutaxassislari tomonidan onlayn rejimida konsultasiya qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.

Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimasion muolajalarga qaramay, bemorning ahvoli keskin og‘irlashib, o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etdi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi 
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!