1 oktyabrdan tibbiyot xodimlari maoshi oshiriladi

1 oktyabrdan tibbiyot xodimlari maoshi oshiriladi

2018 yilning 1 oktyabrdan boshlab Qirg‘izistonda oilaviy shifokorlar va hamshiralar mehnati uchun qo‘shimcha haq to‘lashga doir yangi tizimi joriy qilinmoqda. Hukumat apparati axborot siyosati bo‘limida shu haqida xabar berildi. 

Rag‘batlantiruvchi to‘lovlarni tatbiq qilish uchun tibbiyot xodimlari ish haqining kafolatlangan qismi hisoblash tartibi va darajasi o‘zgarishsiz saqlanib qoldi. 

To‘lovlarning yangi tartibi oilaviy shifokorlar va hamshiralar ishlarining individual natijalarini hisobga oladi. Shifokorning mehnatni baholash bo‘yicha belgilangan mezonlarga muvofiq aholiga tibbiy yordam ko‘rsatish va natijaviylikka erishishga qo‘shgan hissasiga qarab qo‘shimcha ish haqi hisoblanadi.

"Sog‘liqni saqlash vazirligi natijaviylik mezonlarini belgilab berdi. Maksimal ko‘rsatkichlarda tibbiyot xodimlari maoshi umumiy hisobda ikki baravarga oshiriladi. Yangi tizimga ko‘ra, tibbiyot xodimlarining qo‘shimcha maoshi kafolatlangan ish haqi tarkibiga kirmaydi. Mamlakatning tog‘li va chekka hududlardagi faoliyati uchun koeffisiyentni o‘z ichiga olmaydi", - deyiladi xabarda. 

Tibbiyot xodimlarining ish haqi 1 oktyabrdan 31 dekabrgacha - 157,5 million som, 2019 yilning 1 yanvaridan yiliga esa 630 million somni tashkil qilishi ko‘zda tutilgan.     


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!