Zidan "Bavariya"ni boshqarishi mumkin

Zidan "Bavariya"ni boshqarishi mumkin

Fransiyalik bosh murabbiy Zinedin Zidan Myunxenning "Bavariya" klubini boshqarishga bir qadam qoldi.

Manbaga ko‘ra, ikki tomon o‘rtasidagi muzokaralarning borishi bilan tanish odamlar hali imzolanmagan bitimni amalda yakunlangan deb hisoblamoqda. Shuningdek, Zidan nemis klubi rahbariyatidan jamoani kuchaytirishni rejalashtirayotgani ham xabar qilingan.

Amaldagi bosh murabbiy Tomas Tuxel yozda "Bavariya"ni tark etadi. Nemis mutaxassisi bilan kelishuv 2025 yilning yoziga qadar tuzilgan, biroq tomonlar shartnomani muddatidan oldin bekor qilishga kelishib olishgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!