Zelenskiy Lukashenkoni rad etdi

Zelenskiy Lukashenkoni rad etdi

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Belarusdagi noroziliklar bilan bog‘liq vaziyat barqarorlashmaguncha Belorusga tashrif buyurishni rejalashtirmaydi.

Bu haqda Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba juma kuni ma’lum qildi. Avvalroq, Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko oktyabr oyida Zelenskiyga respublikaga tashrif buyurish uchun taklifnoma yuborgandi.

"Menimcha, Belarusdagi vaziyat barqarorlashgunga qadar har qanday tashriflarni bekor qilish kerak. Endi asosiy vazifa Belarusda vaziyatni minimal yo‘qotishlar bilan barqarorlashtirish va Belarus hukumati bilan jamiyat o‘rtasida muloqot o‘rnatishdir", dedi Kuleba Ukraina radiosi efirida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!