Zangiotadagi gaz quyish shoxobchasida Labo yonib ketdi

Zangiotadagi gaz quyish shoxobchasida Labo yonib ketdi

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 3 noyabr kuni soat 19:30 larda, Toshkent viloyati, Zangiota tumani hududida joylashgan “Metan” gaz quyish shoxobchasida haydovchi SH.H. gaz to‘ldirib bo‘lgach ulagich moslamasini uzmasdan “Labo” rusumli, 01 267 BFA davlat raqam belgili transport vositasida harakatlanganligi oqibatida yong‘in yuzaga kelgan. Yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan.

Zangiotadagi gaz quyish shoxobchasida Labo yonib ketdi

IIV YHXBB

Yong‘in natijasida tan jarohati olganlar yo‘q.

Zangiotadagi gaz quyish shoxobchasida Labo yonib ketdi

IIV YHXBB

Mazkur holat yuzasidan Zangiota tumani IIB YHXB va FVB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Barcha haydovchilardan gaz to‘ldirish shoxobchalarida xavfsizlik qoidalariga rioya qilishlarini, o‘zi va o‘zgalar hayotini xavf ostiga qo‘ymasliklarini so‘rab qolamiz, deyiladi O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati xabarida.  


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!