O‘zbekiston Prezidenti O‘mon bilan hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini ko‘rsatib o‘tdi

O‘zbekiston Prezidenti O‘mon bilan hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini ko‘rsatib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2 may kuni uchinchi Toshkent xalqaro investisiya forumida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan O‘mon Sultonligi savdo, sanoat va investisiyalarga ko‘maklashish vaziri Qays bin Muhammad al-Yusufni qabul qildi.

Uchrashuv boshida Qays al-Yusuf davlatimiz rahbariga O‘mon Sultoni Haysam bin Toriq Ol Saidning samimiy salomini etkazdi.

O‘zaro manfaatli hamkorlikni, eng avvalo, savdo-iqtisodiy va investisiyaviy yo‘nalishlarda kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Energetika, transport, sog‘liqni saqlash, turizm, geologiya, oziq-ovqat, to‘qimachilik, kimyo sohalarida, shu jumladan O‘zbekiston-O‘mon investisiya kompaniyasi ko‘magida loyihalarni amalga oshirish uchun katta salohiyat borligi qayd etildi.

Yaqin fursatda Hukumatlararo komissiya yig‘ilishi va qo‘shma biznes forumini o‘tkazishga kelishib olindi.

Transafg‘on temir yo‘lini qurish hamda “O‘zbekiston – Turkmaniston – Eron - O‘mon” transport yo‘lagini ilgari surish masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!