Yosh matematiklarimiz 9 ta medalni qo‘lga kiritdilar

Yosh matematiklarimiz 9 ta medalni qo‘lga kiritdilar

Turkmanistonda tashkil etilgan xalqaro matematika olimpiadasida o‘zbekistonlik o‘quvchilar 9 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Joriy yilning 25-30-mart kunlari Turkmaniston davlatining Arkadag‘ shahrida o‘tkazilgan xalqaro matematika olimpiadasida ishtirok etgan O‘zbekiston jamoasi 2 ta oltin, 2 ta kumush va 5 ta bronza medalga sazovor bo‘ldi.

G‘olib o‘quvchilarimiz bilan tanishing:

Yusufjon Ortiqov - Buxoro viloyati, Qorako‘l tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf o‘quvchisi oltin medal;

Maqsadbek Egamberganov - Xorazm viloyati, Bog‘ot tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 10-sinf o‘quvchisi oltin medal;

Farhod Ochilov - Buxoro viloyati, Qorako‘l tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf o‘quvchisi kumush medal;

Murodjon Mamatov - Buxoro viloyati, Qorako‘l tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 9-sinf o‘quvchisi kumush medal;

Anvar Rustamov - Buxoro viloyati, Qorako‘l tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 9-sinf o‘quvchisi bronza medal;

Tohirjon Tairov - Xorazm viloyati, Yangiariq tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 7-sinf o‘quvchisi bronza medal;

Mirshod Muhammedov - Buxoro shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o‘quvchisi bronza medal;

Ulug‘xo‘ja Bafoyev - Buxoro viloyati, Jondor tumanidagi 46-maktabning 9-sinf o‘quvchisi bronza medal,

Xushnudbek Durdiyev - Buxoro viloyati, Olot tumanidagi 10-maktabning 10-sinf o‘quvchisi bronza medal.

Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi axborot xizmati xabar qilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!