"Balki bolalarning gapi eshitilar": Chirchiqlik bolalar ijtimoiy tarmoqlar orqali hokimdan yo‘lni ta’mirlashni so‘rashdi

"Balki bolalarning gapi eshitilar": Chirchiqlik bolalar ijtimoiy tarmoqlar orqali hokimdan yo‘lni ta’mirlashni so‘rashdi


Chirchiq shahridagi «Muruvvat» mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi bolalar ijtimoiy tarmoqlar orqali hokimlikdan yo‘lni ta’mirlashni so‘rashdi. So‘rov yozilgan surat «Iste’molchi» jamoatchilik kanalida e’lon qilindi, deb xabar bermoqda «Podrobno.uz» muxbiri.

Xabarda aytilishicha, bu yo‘lda «yozda tizzagacha chang, yomg‘irda to‘piqgacha bo‘lgan ko‘lmaklar bo‘ladi». Qolaversa, mahalladan maktabga, do‘konga, avtobus bekatiga boradigan yagona yo‘l shu.

«Aholisi qayta-qayta ariza yozishdi, hech qanday natija yo‘q, balki bolalarning gapi eshitiladimi?» – deb so‘raydi kanal ma’muri.


Sharhlovchilarning ta’kidlashicha, yo‘l bo‘yida ayrim korxonalar faoliyat ko‘rsatmoqda – ular bilan birga hokimlik ham yo‘lni ta’mirlashi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi iste’molchilar guruhidagi bolalar surati tushirilgan post o‘chirib tashlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!