Yaponiyada dunyodagi eng kichkina Rubik kubigi namoyish etildi

Yaponiyada dunyodagi eng kichkina Rubik kubigi namoyish etildi

Yaponiyada dunyodagi eng kichik Rubik kubigi namoyish etildi, deb xabar berdi “Kyodo” agentligi.

Ta’kidlanishicha, ushbu kubikning har bir tomonining uzunligi 9,9 mm, narxi esa 1,9 ming dollar atrofida bo‘lib, uning yaratuvchilari “Megahouse” korporasiyasi hamda eng kichik mahsulotlar yasash bilan mashhur “Iriso Seimitsu Co., Ltd” ustaxonasidir.

Rubik kubigi 1974 yilda haykaltarosh Erne Rubik tomonidan yaratilgan bo‘lib, ushbu ixtiro o‘yinchoqlar orasida umumiy savdo hajmi bo‘yicha yetakchi hisoblanadi: dunyo bo‘ylab allaqachon 350 millionga yaqini sotilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!