Yangi Zelandiyada koronavirusga chalingan bemorlarning hammasi tuzaldi

Yangi Zelandiyada koronavirusga chalingan bemorlarning hammasi tuzaldi

Yangi Zelandiya kasalxonalarida koronavirus infeksiyasi bo‘lgan bemorlar qolmadi. Bugun oxirgi bemor ham shifoxonadan chiqdi.

Bu haqda CNN xabar bermoqda.

"Shifoxonalarda COVID-19 bilan kasallangan bitta ham bemor qolmadi, ularning barchasi tuzalishdi", deyiladi xabarda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatda jami 21 ta faol koronavirus holati qayd etilgan, ammo bu bemorlar kasalxonaga yotqizilmagan.

Bundan tashqari, Yangi Zelandiyada yangi o‘limlar ham qayd etilmagan va ketma-ket beshinchi kun davomida yangi infeksiya holatlari yo‘q.

27 may holatiga ko‘ra, Yangi Zelandiyada koronavirusning 1450 holati aniqlangan, 21 kishi vafot etgan. 1462 kishi tuzalgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!