«Yangi» prezident Bashar Asad yana YEI sanksiyasiga uchradi

 «Yangi» prezident Bashar Asad yana YEI sanksiyasiga uchradi

Suriyada 26 may kuni o‘tkazilgan prezident saylovida kutilganidek amaldagi davlat rahbari Bashar Asad yutib chiqdi. Bu haqda “Evronyus” xabar tarqatdi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, saylovda jami 18 million suriyalik ovoz bergan va shundan 14 million ovoz haqiqiy deb hisoblangan. Asadga 13 540 860 saylovchi ovoz bergani aytilmoqda, bu esa 95,1 foiz ovoz demakdir.

Qolgan ikki nomzod – Mahmud Ahmad Marai 3 foiz, Abdulloh Salum Abdulloh esa 1,5 foiz ovoz to‘plagan.

Shunday qilib, Suriyada 2000 yildan beri hokimiyatni egallab kelayotgan Bashar Asad to‘rtinchi bor prezident saylovda yutib chiqdi. Kecha, 27 may kuni esa Yevropa Ittifoqi Bashar Asad hukumatiga nisbatan sanksiyalarni 2022 yilning 1 iyuniga qadar uzaytirishga qaror qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!