Xo‘jaylidagi YTHda yuqori mansabli amaldorlar halok bo‘ldi

Xo‘jaylidagi YTHda yuqori mansabli amaldorlar halok bo‘ldi

Joriy yilning 27 dekabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasining Xo‘jayli tumanida og‘ir yo‘l transport hodisasi yuz berdi. Baxtsiz hodisa oqibatida 4 nafar kishi olamdan o‘tdi, deb yozmoqda O‘zA.

Baxtsiz hodisa Nexia-3 markali avtomashinaning beton to‘siqqa borib urilganligi oqibatida sodir bo‘lganligi aytilmoqda. Kuchli zarba avtomashinaning gaz balloni otilishiga sabab bo‘lgan.

Vafot etgan fuqarolarning ikkitasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligida faoliyat yuritib kelgan (bittasi vazir o‘rinbosari, bittasi mashina haydovchisi), bir kishi Tuyamo‘yin-Nukus mintaqaviy suv o‘tkazgichidan foydalanish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari va bittasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi yetakchi mutaxassislaridir.

YTHning yuz berishiga asfalt yo‘lning sirpanchiqligi sabab bo‘lganligi aytilmoqda. Voqea tafsilotlari o‘rganilyapti.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!