Xorazmlik jurnalistning o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchiga jazo tayinlandi

Xorazmlik jurnalistning o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchiga jazo tayinlandi

Bugun, 19 fevral kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Urganch shahar sudi jurnalist Davlat Nazar (Davlatnazar Ro‘zmetov) o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi U.S.ga nisbatan hukm chiqardi. Bu haqda “Qo‘shni mahalla” kanali xabar berdi.

Unga ko‘ra, sudlanuvchi 3 yil muddatga ozodlikdan cheklash jazosiga hukm qilinishi barobarida bir yarim yil avtomashina boshqarish huquqidan ham mahrum etildi.

Eslatib o‘tamiz, jurnalist Davlat Nazar 2019 yil 6 noyabr kuni soat 23:55 larda “Urganch-Xiva” yo‘lining 4-kilometrida sodir bo‘lgan avtohalokat oqibatida vafot etgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!