Xitoylik ayol 20 yil davomida qo‘l granatasini bolg‘a sifatida ishlatib yurgani aniqlandi

Xitoylik ayol 20 yil davomida qo‘l granatasini bolg‘a sifatida ishlatib yurgani aniqlandi

Xitoyning Xubey provinsiyasida yashovchi 90 yoshli ayol fermada ishlayotganida yog‘och tutqichli, metall bo‘lagi bor g‘alati narsa topib olgan. U buni birovning qo‘lbola bolg‘asi deb o‘ylab, 20 yil davomida yong‘oq chaqish va mix qoqishga ishlatib yurgan.

Ayolning eski uyini buzayotgan ishchilar g‘alati buyumni payqab qolib, polisiyani chaqirgan. Polisiya bu «bolg‘a» jangovar granata ekanini aniqlab, uni maxsus mashg‘ulot maydonida portlatib yubordi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!