Xitoyda avtobusning tosh ko‘chkisiga uchrashi oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi

Xitoyda avtobusning tosh ko‘chkisiga uchrashi oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi

11 iyulda Xitoyning Sichuan provinsiyasida salonida 30 kishi bo‘lgan avtobus yuqori tezlikdagi trassada tosh ko‘chkisiga uchradi. Voqea oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi, 16 kishi jarohat oldi. 

Voqea mahalliy vaqt bilan soat 14.05da avtobus 28 yo‘lovchi va 2 haydovchi bilan Sungchu uyezdidan Chendu shahriga ketayotganda yuz bergan.

Voqea joyiga tezkorlik bilan qutqaruvchilar, o‘t o‘chiruvchilar va shifokorlar guruhi yetib borgan. Biroq qurbonlardan qochishning iloji bo‘lmagan. Dastlab 4 kishi halok bo‘lgani va yana 4 kishi bedarak yo‘qolgani xabar qilingan. Keyinroq qutqaruv operasiyasi davomida katta tosh ostida 4 kishi o‘lik holda topilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!