Xitoy Qozog‘istonning BRIKSga kirishi bo‘yicha qanday pozisiyada?

Xitoy Qozog‘istonning BRIKSga kirishi bo‘yicha qanday pozisiyada?

Xitoy Qozog‘istonning BRIKSga kirishini qo‘llab-quvvatlaydi. Bu haqda Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunlari bo‘yicha matbuot anjumanida ma’lum qildi, deya yozmoqda Kazinform.

“Xitoy Qozog‘istonning BRIKSga kirishini qo‘llab-quvvatlaydi. Qozog‘iston dunyoning o‘rta davlatlaridan biri sifatida qo‘llab-quvvatlanadi, uning roli ortib borayotgan, jahon ishlari va global boshqaruvga munosib hissa qo‘shishi mumkin”, – dedi Xitoy rahbari.

Si Szinpin Xitoy va Qozog‘iston Shanxay hamkorlik tashkilotini tashkil etish jarayonining boshida ekanini ta’kidladi.

“Qozog‘iston raisligining SHHT faoliyatini rivojlantirish va noyob hamkorlikni rag‘batlantirishga qo‘shgan katta hissasini alohida ta’kidlamoqchiman. Ertangi Astana sammiti to‘liq muvaffaqiyatli o‘tishi va tashkilotimiz faoliyatini yangi bosqichga ko‘tarishiga shubha yo‘q”, – dedi Xitoy Xalq Respublikasi Raisi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!