Xitoy po‘pisa qildi: "Ko‘r bo‘lib qolasiz"

Xitoy po‘pisa qildi: "Ko‘r bo‘lib qolasiz"

Gongkong ishlari faqat Xitoyning ichki ishi hisoblanadi, agar "Besh ko‘z" alyansi davlatlari Xitoyning suvereniteti va xavfsizligiga tahdid solishga jur’at etsa, ular ko‘r bo‘lib qolish xavfi bor, dedi payshanba kuni bo‘lib o‘tgan brifingda Xitoy Tashqi ishlar vazirligi vakili Chjao Liszyan.

Bundan avval Avstraliya, Yangi Zelandiya, Buyuk Britaniya, Kanada tashqi ishlar vazirlari va AQSh davlat kotibining qo‘shma bayonotiga ko‘ra, Xitoy hukumatini Gonkong qonun chiqaruvchilarini diskvalifikasiya qilish siyosatini qayta ko‘rib chiqishga chaqirgan edi. Besh davlat razvedka ma’lumotlarini almashish va muvofiqlashtirish bo‘yicha "Besh ko‘z" razvedka alyansiga a’zo.

"Ularning ko‘zi beshta yoki o‘nta bo‘lishidan qat’i nazar, agar ular Xitoyning suvereniteti, xavfsizligi va rivojlanish manfaatlariga zarar yetkazishga jur’at etsa, ularning ko‘zlari ko‘r bo‘lib qolishidan ehtiyot bo‘lishsin", - dedi diplomat.

Uning ta’kidlashicha, "Xitoy qat’iy noroziligini bildiradi va tegishli davlatlar tomonidan xalqaro huquq va xalqaro munosabatlarning asosiy qoidalarini qo‘pol ravishda buzilishiga, shuningdek Xitoyning ichki ishi bo‘lgan Gonkong masalasida ularning mas’uliyatsiz e’tirozlariga qat’iy qarshi chiqadi".

Diplomat Butunxitoy xalq vakillari kengashi Gonkong Qonunchilik kengashi a’zolarining malakasi to‘g‘risida konstitusiya, Gonkong Asosiy qonuni va Gonkong milliy xavfsizlik qonunining tegishli qoidalariga muvofiq qaror qabul qilishini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, "bitta mamlakat, ikkita tizim" tamoyilini saqlab qolish va takomillashtirish, Gonkongda qonun ustuvorligini va konstitusiyaviy tuzumni ta’minlash uchun zarur.

Avvalroq, Butunxitoy xalq vakillari kengashi doimiy qo‘mitasi yig‘ilishda Gonkong qonunchilik kengashi a’zolarining mandatlaridan zudlik bilan mahrum qilish to‘g‘risida rezolyusiya qabul qildi, ularning harakatlari milliy xavfsizlikka tahdid sifatida qaralmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!