Xitoy musulmonlar uchun konslagerlar mavjudligini ilk bor tan oldi

Xitoy musulmonlar uchun konslagerlar mavjudligini ilk bor tan oldi

Xitoy musulmonlar uchun konsentrasion lagerlar faoliyat ko‘rsatayotganini ilk bor e’tirof etdi. Bunday lagerlar haqida Shinjon muxtor tumani 13-chaqiriq Xalq vakillari yig‘ini doimiy qo‘mitasining bayonotida eslab o‘tilgan. 

Hujjatda aytilishicha, “mintaqada estremistik faoliyatning oldini olish uchun maxsus o‘quv-mashg‘ulot markazlarida individual va kasbiy-malakaviy ta’lim bo‘yicha tadbirlar amalga oshirilmoqda”.

Shuningdek, markazlarda “g‘oyaviy tarbiyalash, xulqni tuzatish va davlat tili – xitoychani o‘rgatish maqsadida darslar o‘tilmoqda”.

Iddaoga ko‘ra, markazlarda “qayta tarbiyalashning insonparvar yondashuvlaridan foydalanilmoqda”. 

Eslatib o‘tamiz, avgust oyida BMTning Inson huquqlari bo‘yicha komissiyasi Shinjondagi yopiq lagerlarda kamida bir million kishi ushlab turilgani haqida ishonchli ma’lumotlar borligini ma’lum qilgan edi.

Manba: azon.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!