Xitoy mudofaa byudjetini 209 milliard dollarga oshiradi

Xitoy mudofaa byudjetini 209 milliard dollarga oshiradi

 

 

 

Xitoy hukumati bu yil milliy mudofaaga sarflanadigan xarajatlarni 6,8 foizga, 1,356 trillion yuanga (taxminan 209 milliard dollar) oshirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda XXR hukumati faoliyati to‘g‘risidagi hisobotga tayanib «TASS» xabar bermoqda.

Hujjatda, shuningdek, jamoat xavfsizligi uchun sarf-xarajatlar 0,7 foizga o‘sib, 185,01 milliard yuanni (taxminan 28,5 milliard dollar) tashkil qilishi aytilgan.

Avvalroq Xitoy rahbari Si Szinpin mamlakat armiyasini urushga tayyorlanishga chaqirgan edi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!