Xiaomi hayratomuz rekord o‘rnatdi

Xiaomi hayratomuz rekord o‘rnatdi

Xiaomi kompaniyasi – bu 21-asrning noyob biznes topilmalaridan biridir. Bir qancha texnika va texnologiyalar, mahsulotlar ishlab chiqaruvchisi bo‘lgan mazkur brend nomi jahon bo‘ylab tobora tezkor tarqalmoqda. Smartfonlar, sport brasletlari, televizor, elektr transport, tele-pristavka, planshet, noutbuk, "aqlli soat" va boshqa mahsulotlari sifat borasida nomi chiqqan raqiblarniki bilan bellashsa, narx borasida ularni mag‘lub qiladi. Kuni kecha Xiaomi qayd etgan ajoyib rekord to‘g‘risida ma’lum qilindi. Ayni paytda u Xitoydagi eng yirik internet-kompaniyalar o‘nligidan joy olgan.

30 iyul kuni China Internet Society tashkiloti hamda Xitoyning Ishlab chiqarish va axborotlashtirish vazirligi Xitoy hududidagi eng yirik, shuningdek raqamli davrda mamlakat iqtisodiyoti rivojiga hissa qo‘shayotgan, katta daromad keltirayotgan IT-kompaniyalar reytingini e’lon qildi. Bu yo‘nalishda birinchi o‘rinda Alibaba kompaniyasi turibdi. Agar ushbu brendning foydasi ikkinchi o‘rinda turgan Tencent kompaniyasining foydasi bilan birlashtirilsa, ular birgalikda raqamli iqtisodiyot ko‘rgan foydaning 25% qismiga egalik qilishadi.

Xiaomi esa bu borada o‘ninchi o‘rinda turibdi. Biroq, uning erishga natijasi diqqatga sazovor. Gap shundaki, Xitoy kabi ulkan davlatda muvaffaqiyatga erishish hamda kuchli IT kompaniyalar safiga qo‘shilish uchun unga bor-yo‘g‘i 2 yil kerak bo‘ldi. O‘sish sur’ati juda yuqori bo‘lgan brend nomi nafaqat Xitoy, balki jahonning rivojlangan davlatlarini ham "zabt etdi". Xitoy aholisining har o‘n nafaridan bittasi Xiaomi ishlab chiqargan smartfondan foydalanadi.

2019 – 2020 yillarda bu brendning reytingdagi o‘rni yanada ko‘tarilishi taxmin qilinmoqda.

Natijalarga ko‘ra, Xitoydagi IT-kompaniyalar 2018 yilning ikkinchi choragida avvalgi yilga nisbatan 50,6% ko‘proq mablag‘ ishlab topganlar. Buning natijasida esa ular $253 mlrd dollar daromad qildilar, buning bir qismi esa Xitoy byudjetiga tushdi. Kompaniyalarning umumiy operasion foydasi 82,6% ga oshib, 40 mlrd dollarni tashkil qilmoqda.

Raqamli iqtisodiyotda yetakchi 10 ta yirik kompaniyalarning zararga nisbatan foydasi 40 foizdan oshiqni tashkil qiladi. Quyida ana shu yirik kompaniyalar bilan tanishing: Alibaba, Tencent, Baidu, Jingdong, NetEase, Sina, Sohu, Meituan Comments, Sanliu hamda Xiaomi.

Manba: terabayt. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!