Xarkov metrosi yana bombadan boshpana sifatida foydalaniladi

Xarkov metrosi yana bombadan boshpana sifatida foydalaniladi

Ikki kun avval ish boshlagan Xarkov metrosi shaharda davom etayotgan otishmalar tufayli yana bombadan saqlanish uchun foydalaniladi.

"Bugun Xarkovda shovqin baland va xavfli. Dushman qo‘shinlari shahrimizni yana o‘qqa tutmoqda. Yaradorlar va, afsuski, halok bo‘lganlar ham bor. Sizlarni xavfsiz joylarda – yerto‘lalarda, boshpanalarda, metro bekatlarida bo‘lishga chaqiraman. Biz harakatni to‘xtatmaymiz. Metroda poyezdlarning soni ko‘payadi, biroq biz siz qolib, portlashdan omon qolishingiz mumkin bo‘lgan maxsus sektorlarni ajratamiz", deb ta’kidladi Xarkov meri Igor Terexov videomurojaatida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!