Video: Sankt-Peterburgdagi yong‘inda o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

Video: Sankt-Peterburgdagi yong‘inda o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

Bugun, 15 sentyabr kuni Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridagi omborxonalardan birida chiqqan yong‘inda O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi.
 
Yong‘in taxminan soat 00:40 da Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrining Nevskiy tumanida 40 kvadrat metr maydondagi texnikalar saqlanadigan omborxonada chiqqan. Voqea Gluxoozersk yo‘lida sodir bo‘lgan.
 
Temir bilan qoplangan imorat butunlay yonib ketgan. Yong‘in tungi soat 3:30 bartaraf etilgan.
 
Voqea joyida 35 yoshli O‘zbekiston fuqarosining jasadi topilgan. Yana to‘rt nafar: 22, 23, 30 va 41 yoshdagi o‘zbekistonliklar qutqarib qolingan va shifoxonaga yotqizilgan. Ularning nafas olish a’zolari jiddiy shikastlangan. Hozirda ularning ahvoli og‘ir.
 
Yong‘inni bartaraf qilish uchun FVVning shaxsiy tarkibidan 30 nafar odam va 6 ta maxsus texnika jalb qilingan. Tergov qo‘mitasining Sankt-Peterburg bo‘yicha bo‘limi mazkur holat bo‘yicha tekshiruv boshlagan

Manba: qalampir.com


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!