Venada COVID-19 infeksiyasiga chalingan bemorning o‘pkasini almashtirish operasiyasi o‘tkazildi

Venada COVID-19 infeksiyasiga chalingan bemorning o‘pkasini almashtirish operasiyasi o‘tkazildi

Bu haqda 25 may kuni Vena tibbiyot universiteti saytida xabar qilindi.

Operasiya amaliyoti o‘tkir o‘pka yetishmovchiligi ko‘zatilayotgan 45 yoshli avstraliyalik ayolga nisbatan o‘tkazildi. Ayol o‘pkasini saqlab qolishning iloji qolmaganidan so‘ng mazkur a’zoni ko‘chirish qaroriga kelingan.

“Fikrimizcha, ayni vaqtda bemorning holati a’lo darajada. Hozircha jiddiy muammolar kuzatilmayapti. U asta-sekinlik bilan o‘ziga kelmoqda. A’zolar ishlashi yaxshi holatda, biz xursandmiz. Biroq unga kasalxonadan javob berish uchun ma’lum vaqt kerak bo‘ladi. Umid qilamanki, hammasi yaxshi bo‘ladi”, deya ta’kidladi universitetning jarrohlik klinikasi rahbari Valter Klepetko.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!