O‘zbekistonda korxona va tashkilotlar soni qancha?

O‘zbekistonda korxona va tashkilotlar soni qancha?

Yanvar-aprel oylarida yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar soni 37,4 mingtani tashkil etdi, deya xabar berdi Davlat statistika qo‘mitasi.

Bu ko‘rsatkich 2020 yilning shu davriga nisbatan 8 242 taga oshgan (o‘sish sur’ati 128,3 foiz). 

Hududlar kesimida o‘tgan yilga nisbatan yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar bo‘yicha Qashqadaryo viloyati (2 826 ta), Toshkent shahri (1 620 ta), Farg‘ona viloyatida (1 217 ta) sezilarli o‘sish kuzatildi.

1 may holatiga ko‘ra, iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) yangi tashkil etilgan korxonalar soni:

▪️ savdo-sotiqda — 12 269 ta;
▪️ sanoatda — 7 633 ta;
▪️ qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida — 6 058 ta;
▪️ qurilishda — 2 479 ta;
▪️ yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlarda — 2 035 ta;
▪️ axborot va aloqada — 926 ta;
▪️ tashish va saqlashda — 918 ta;
▪️ sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishda — 598 ta;
▪️ boshqa sohalarda — 4 436 ta.
 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!