O‘zbekistonda koronavirusga chalingan oxirgi 4 kishi haqida ma’lumot berildi

O‘zbekistonda koronavirusga chalingan oxirgi 4 kishi haqida ma’lumot berildi

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 37 nafarga yetgani haqida xabar bergandik.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekovning ma’lum qilishicha, yangi kasallanish holatlari karantinga olingan shaxslar orasida aniqlangan, ular Virusologiya institutida shifokorlar nazorati ostida, ahvoli yaxshi.

20 mart kuni O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga chalinganlar soni 33 nafarga yetgan edi — kasallanganlar soni bir sutkada 10 kishiga ko‘paygandi. Sog‘liqni saqlash vazirligi ularning to‘qqiz nafari kasalligi avval aniqlangan shaxslarning qarindoshlari, yana biri esa yaqinda xorijdan kelgan fuqaro ekanini ma’lum qilgan, biroq aynan kimlarning qarindoshi ekaniga, xorijdan kelgan fuqaro aynan qayerdan, qachon, necha nafar yo‘lovchi bilan birga kelganiga aniqlik kiritmagan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!