O‘zbekistonda 6 blokli kam quvvatli AES qurilishi bo‘yicha galdagi hujjat imzolandi

O‘zbekistonda 6 blokli kam quvvatli AES qurilishi bo‘yicha galdagi hujjat imzolandi

“O‘zatom” agentligi va “Rosatom” davlat korporasiyasi muhandislik bo‘limi rahbarlarining uchrashuvi o‘tkazildi. Bu haqida O‘zbekiston milliy axborot agentligi — UzA xabar bermoqda.

Unda tomonlar qurilajak 6 blokli AES uchun infratuzilma ob’ektlari yaratilishi reja qilingani, shtab maydonida belgilangan vaqtda qurilish ishlarini boshlash, barcha infratuzilma bilan ta’minlangan quruvchilar shaharchasini barpo etish masalalari haqida so‘z yuritdi.

“O‘zatom” agentligi axborot xizmatiga ko‘ra, uchrashuvda kam quvvatli atom elektr stansiyasi maydonida kam quvvatli AES qurilishi shartnomasi kuchga kirish tartibi to‘g‘risidagi bayonnoma imzolandi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil 27 may kuni “O‘zatom” agentligining AES qurilish direksiyasi va “Atomstroeksport” AJ o‘rtasida mamlakatimizda AES qurilishi bo‘yicha shartnoma kuchga kirishi to‘g‘risidagi bayonnoma imzolangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!