O‘zbekiston Xitoyga 601 million dollarlik gaz eksport qildi

O‘zbekiston Xitoyga 601 million dollarlik gaz eksport qildi

O‘zbekiston yanvar-oktyabr oylarida Xitoyga umumiy qiymati 601,3 mln dollarga teng 2,6 mln tonna gaz eksport qilgan. Bu haqda Xitoy Bosh bojxona boshqarmasi ma’lumotlari darak bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, o‘n oylik davr yakuniga O‘zbekiston Xitoyning gaz eksportyorlari orasida to‘rtinchi o‘rinda bormoqda.
Boshqarma ma’lumotlariga ko‘ra, Turkmaniston Pekinga asosiy gaz yetkazib beruvchi davlatlar orasida birinchi o‘rinni egallab turibdi: hisobot davrida Xitoy bu mamlakatdan 5,38 milliard dollarga 19,79 million tonna gaz import qilgan.
Ikkinchi o‘rinni Rossiya band etib turibdi. Xususan, yanvar-oktyabr holatiga Rossiyaning Xitoyga quvur orqali gaz yetkazib berish hajmi yillik hisobda qariyb 2,6 baravarga oshib, 5,9 mln tonnadan ziyodni tashkil etgan.
Keyingi pog‘onalarni Qozog‘iston (865 mln dollarlik 3,73 mln tonna gaz), O‘zbekiston va Myanma (1,2 mlrd dollarlik 2,5 mln tonna gaz) egallagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!