O‘zbekiston tajribasi yoqib tushdi: Qirg‘iziston hukumati pullik tonirovkani joriy etmoqchi

O‘zbekiston tajribasi yoqib tushdi: Qirg‘iziston hukumati pullik tonirovkani joriy etmoqchi

Qirg‘iziston hukumati ham endi avtomobilning old va yon oynalarini ma’lum to‘lov evaziga tonirovka qilishga ruxsat berishni taklif etmoqda. Sputnik Qirg‘iziston xabari asosida.

Mamlakat iqtisodiyot vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan qonun loyihasi Vazirlar mahkamasi saytida muhokamaga qo‘yilgan. Qirg‘iziston hukumati shu tariqa respublika byudjetiga tushumlarni ko‘paytirib, tonirovkani noqonuniy tarzda o‘rnatib olayotgan haydovchilar tomonidan bo‘layotgan qoidabuzarliklar sonini pasaytirmoqchi.

Mamlakat Iqtisodiyot vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda Qirg‘izistonda 1 million 343 ming 813ta avtomashinalar ro‘yxatdan o‘tkazilgan. O‘tgan yilning 9 oyi davomida tonirovkaning noqonuniy o‘rnatilishi yuzasidan 1903ta dalolatnoma tuzilgan va bundan 50 million som (715545$) miqdorida jarimalar undirilgan.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!