«O‘zbekiston» mehmonxonasi davlat ulushi nega sotilmayapti?

«O‘zbekiston» mehmonxonasi davlat ulushi nega sotilmayapti?

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi mehmonxona davlat ulushi nega sotilmayotgani yuzasidan bayonot berdi.

«O‘zbekiston» mehmonxonasi joriy yilning fevral oyida sotuvga qo‘yilgan edi. Baholangan boshlang‘ich narx — 33 million dollarni tashkil etgan.

Bugungi kunga qadar 50 dan ziyod mahalliy hamda xorijiy investorlar bilan muzokaralar olib borilganiga qaramay hech qaysi bir investor tomonidan mazkur mehmonxona majmuasini sotib olish yuzasidan aniq takliflar berilmagan.

Agentlik bino davlat ulushi sotilmayotganining asosiy sabablari, narx-navo qaysi mezonlar asosida belgilangan, investor va tadbirkorlarning talab va istagi nimada ekanligiga aniqlik kiritdi.

«Mazkur sotish mexanizmi 2003 yildan beri qo‘llanib kelinayotgan avvalgi qonunchilik talablari hamda o‘sha kezdagi jamiyatning ta’sis shartnomasiga asosan davlat ulushi 31,6 million dollarni tashkil etgan va boshlang‘ich narxni ushbu qiymatdan pasaytirish imkoni bo‘lmagan. Shuning uchun boshlang‘ich narx 33 million dollar etib belgilangan.

Investorlar mehmonxona joylashuvi qulayligi, sayyohlarni jalb etish imkoniyati kengligiga qiziqish bildirmoqda, biroq mazkur davlat aktivining bugungi kundagi real holatiga nisbatan baland ekani, umuman yillik daromadlar hisob-kitob qilinganda uni qoplash uchun bir necha o‘n yillar kerak bo‘lishi, qolaversa, xonalarning balandligi va kengligi 4 yoki 5 yulduzli mehmonxonalar talabiga to‘g‘ri kelmasligi, bino qurilishida betondan foydalanilganligi bois uni buzib qayta qurish ham katta mehnat talab etishi tadbirkorlar tomonidan ta’kidlanmoqda.

Investorlar esa 100 foiz ulushni sotib olish istagini bildirmoqda.

Investisiya majburiyatlariga ko‘ra, majmuani sotib olgan investor ikki yil ichida 100 milliard so‘m miqdorida sarmoya kiritishi, 10 yil davomida asosiy faoliyat turi ya’ni mehmonxona xizmati ko‘rsatishni saqlab qolgan holda tashqi fasadini o‘zgartirmasdan mehmonxonani ta’mirlashi va boshqaruvga eng ilg‘or menejerlarni jalb qilishi talab etiladi», — deyiladi xabarda.

 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!