O‘zbekiston delegasiyasi FATFning navbatdagi Yalpi majlisida ishtirok etdi

O‘zbekiston delegasiyasi FATFning navbatdagi Yalpi majlisida ishtirok etdi

Joriy yilning 23-28 iyun kunlari Singapur davlatida Jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashishda moliyaviy choralar ishlab chiquvchi guruhning (FATF) Yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu xalqaro tadbirda 100 dan ortiq davlatdan tashrif buyurgan 400 nafar vakillar hamda bir qator xalqaro tashkilotlardan (BMT, Jahon banki, YEXHT, OTB, YEOTB, Egmont, Interpol va boshqalar) ekspertlar qatnashdi.

Yalpi majlisda jinoiy daromadni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish Global tizimining 30 dan ortiq muhim masalalari ko‘rib chiqildi.

Yalpi majlis doirasida O‘zbekiston delegasiyasi tomonidan Singapur Tijoriy ishlar departamenti direktori o‘rinbosari Jasmin Cher xonim bilan ikki tomonlama uchrashuvi tashkil etildi.

Uchrashuvda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 16 yanvardagi "Yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish sohasida davlat nazorati mexanizmlarini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida, yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashishda Singapur tajribasini o‘rganish, milliy tizimga mazkur sohadagi yetakchi mutaxassislarini jalb qilgan holda ularning ilg‘or tajribalarini amaliyotga joriy etish masalalari ko‘rib chiqildi.

Bu kabi, xalqaro tadbirlarda O‘zbekiston delegasiyasining ishtirok etishi sohadagi xalqaro standartlarni milliy qonunchilikka samarali tatbiq qilishga, xalqaro va idoralararo hamkorlikni takomillashtirishga hamda xalqaro maydondagi O‘zbekiston imidjini oshishiga xizmat qiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!