Abbosbek Fayzullayev Parij Olimpiadasida ishtirok etadimi?

Abbosbek Fayzullayev Parij Olimpiadasida ishtirok etadimi?

“SSKA” bosh murabbiyi Marko Nikolich Abbosbek Fayzullayevning Parij Olimpiadasida ishtirok etishi borasidagi savollarga javob berdi.

“Abbos Olimpiadada O‘zbekiston safida maydonga tushadimi? Olimpiada o‘yinlari futbolchi hayotida bir marta bo‘lishi mumkin. Bu — mening javobim. Oldimizda ikki hafta bor, u o‘zini qanday his qilayotganiga qaraymiz. Lekin futbolchini qanday qilib hayotida bir marta berilayotgan imkoniyatdan mahrum qilish mumkin?”, — deydi Nikolich.

Eslatib o‘tamiz, Parijda bo‘lib o‘tadigan Olimpiada 26 iyul kuni start oladi va 11 avgustga qadar davom etadi. Futbol bo‘yicha O‘zbekiston U-23 terma jamoasi C guruhidan joy olgan va guruhda Ispaniya, Misr hamda Dominikan Respublikalariga qarshi bahs olib boradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!