Yamal Yevroning eng yaxshi yosh futbolchisi bo‘lishga asosiy da’vogarga aylandi

A A A
Yamal Yevroning eng yaxshi yosh futbolchisi bo‘lishga asosiy da’vogarga aylandi

Ispaniya terma jamoasi va "Barselona" vingeri Lamin Yamal Yevroning eng yaxshi yosh futbolchisi sovrini uchun asosiy nomzod hisoblanadi.

16 yoshli futbolchi yana bir bor o‘zini ko‘rsatdi: bu safar u golli uzatma bilan Ispaniyaning Gruziya jamoasini 1/8 finalda mag‘lub etishiga (4:1) yordam berdi. Squawka xabariga ko‘ra, ayni damda Yamal Yevro-2024ning eng yaxshi yosh futbolchisi sovrini uchun asosiy da’vogarlar reytingida yetakchilik qilmoqda. Xabarlarga ko‘ra ikkinchi o‘rinni Germaniya terma jamoasidan Jamol Musiala, uchinchi o‘rinni Jud Bellingem (Angliya) va Niko Uilyams (Ispaniya) bo‘lishib turibdi.

E’tibor bering, Yamalning barcha potensial raqobatchilari hozir 21 yoshda. Lamin turnir finalidan bir kun oldin o‘zining 17 yoshini nishonlaydi.

Chorak finalda Ispaniya terma jamoasi Germaniyaga qarshi bahs olib boradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!