Ukrainalik talaba oddiy barglardan qog‘oz tayyorlashni o‘rgandi

Ukrainalik talaba oddiy barglardan qog‘oz tayyorlashni o‘rgandi

Ukrainada 19 yoshli talaba Valentin Frechka oddiy barglardan qog‘oz tayyorlash texnologiyasini ixtiro qildi.

Bu haqda “24.kz” xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ixtirochi ushbu loyihasi ustida 3 yil oldin ish boshlagan va oktyabr oyida qog‘ozning birinchi tijorat partiyasini chiqargan.

Ta’kidlanishicha, endilikda material sumka, idish va kartonga aylantiriladi.

Ma’lumot o‘rnida, Valentin “Forbes”ning Ukrainadagi 30 yoshgacha bo‘lgan eng muvaffaqiyatli yoshlar ro‘yxatiga kiritilgan.

“Bizning g‘oyamiz juda sodda. Barglar qayta ishlanishi zarur bo‘lgan chiqindilardir, zero, ular chiriganida o‘zlaridan ko‘p miqdorda karbonat angidrid gazini chiqarishadi. Bizning loyihamiz esa xaridorlarga ekologik toza qadoqlardan foydalanish imkoniyatini yaratadi”, deydi Valentin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!