Ukrainaga yetkazilib berilayotgan g‘arb quroli terrorchilar qo‘liga tushishi mumkin – ekspert

Ukrainaga yetkazilib berilayotgan g‘arb quroli terrorchilar qo‘liga tushishi mumkin – ekspert

G‘arb mamlakatlari Ukrainaga yetkazib berayotgan qurol-yarog‘ terrorchilar qo‘liga tushishi mumkin yoki yangi terrorchilik tashkilotlarining paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Bu haqda xavfsizlik sohasidagi iroqlik ekspertlar RIA Novostiga ma’lum qilishdi.

Akila at-Tayining fikricha, AQSh va NATO mamlakatlari Ukrainaga yetkazib berayotgan qurol-yarog‘ “olovga moy sepmoqda”, bu yetkazib berishlar “Islom davlati”* kabi terrorchilik guruhlarning mustahkamlanishiga olib kelishi mumkin.

U misol tariqasida 2014 yilgi voqealarni keltirdi, o‘shanda Iroqning shimoli va g‘arbidagi shaharlarni egallab olgan ISHID* harbiy bazalarda qoldirib ketilgan katta miqdordagi Amerika harbiy texnikasi va qurol-yarog‘ini qo‘lga kiritgandi.

“Hozir Ukrainaga yetkazib berilayotgan Amerika qurol-aslahasi, katta ehtimol bilan, kontrabanda yo‘li bilan ularni qurollantirish yoki boshqa nomlar bilan yangi tashkilotlar tuzish maqsadida ekstremistlarga, xoh Ukrainada bo‘lsin yoki undan tashqari, yoki terrorchi guruhlarga, jumladan, ISHIDga* jo‘natiladi”, - dedi at-Tayi.

Boshqa bir iroqlik harbiy ekspert Jalil Xalaf AQSh Ukrainaga yetkazib berayotgan qurol “butun dunyoga tahdid soladigan xavf” ekanini ta’kidladi.

“Amerika Ukraina ko‘p qurol-yarog‘ va neonasist deb ataluvchi ko‘ngillarni jo‘natdi. Bu faktning o‘zi nafaqat bu mamlakatlarga, balki butun dunyo uchun katta xavf tug‘diradi, chunki hech kim bu qurollar ekstremistlar yoki hatto ISHID* qo‘liga tushishini istisno qilmaydi”, - dedi ekspert.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!