Turkmanistonga tegishli samolyot Italiyada halokatga uchradi

Turkmanistonga tegishli samolyot Italiyada halokatga uchradi

16 mart kuni Turkmaniston Harbiy-havo kuchlariga tegishli Aermacchi M-346 reaktiv hujumkor samolyoti Italiyada halokatga uchradi, deb xabar bermoqda Turkmen news.

Samolyot Vareze-Venegono aeroportidan mahalliy vaqt bilan soat 11:00 da havoga ko‘tarilgan. Turkmaniston Harbiy-havo kuchlari tomonidan sotib olingan samolyot bortida italiyalik uchuvchi instruktor va britaniyalik uchuvchi bo‘lgan. 11:35 da samolyot bilan aloqa uzilgan. Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, u 2600 metr balandlikda Monte-Legnonega qulagan.

Ikkala uchuvchi ham samolyotdan chiqishga ulgurgan, ammo italiyalik jiddiy jarohat olgan va britaniyalik halok bo‘lgan.

Ushbu samolyot xuddi shu turdagi bir qancha boshqa samolyotlar qatori Turkmaniston tomonidan 2021 yilda Italiyadan xarid qilingan. Ular mijozga yetkazib berildi, lekin o‘tgan yilning noyabr oyida ular qo‘shimcha tayyorlash va o‘zgartirish uchun Italiyaga qaytarildi. Turkmanistonda samolyot 06 seriya raqamiga ega edi, u vaqtincha CSX55268 bilan almashtirildi, chunki Italiyadagi samolyotlar Italiya seriya raqamisiz ucha olmaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!