Turkmanistonda mashinalar kuzovida qora rangli elementlar bo‘lishi taqiqlandi

A A A
Turkmanistonda mashinalar kuzovida qora rangli elementlar bo‘lishi taqiqlandi

Turkmanistonda 24 noyabrdan boshlab kuzovida qora elementlari bor oq rangli mashinalar Ashxobod polisiyasida texnik ko‘rikdan o‘ta olmaydi, deb xabar bermoqda Turkmen news.

Nashrning yozishicha, bunday avtomashina egalari radiator panjaralar, bamper va boshqa qismlarini oq rangga bo‘yashga majbur qilinadi va ushbu qism ishlab chiqaruvchi tomonidan o‘rnatilgan, texnik jihatdan qayta bo‘yash mumkin bo‘lmasa ham, tekshiruv muvaffaqiyatli yakunlanganiga to‘g‘risida belgi qo‘yilmaydi.

Xabarda aytilishicha, tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, bunday buyruqni prezident Gurbanguli Berdimuhamedov bergan, uni amalga oshirish ichki ishlar vaziri Mammetxan Chakiyev zimmasiga yuklatilgan.

Qayd etilishicha, Berdimuhamedovning o‘zi butunlay oq rangli bo‘lgan mashinalarda ham, yarim yashil, shuningdek, qora yo‘ltanlamas mashinalarni ham haydaydi.

2018 yil yanvaridan boshlab Ashxobod yo‘llarida rangli mashinalar taqiqlangan. Ushbu cheklov og‘zaki bo‘lib qonuniy ravishda rasmiylashtirilmagan. Katta ehtimol bilan taqiq tashabbuskori ham sevimli rangi oq rang bo‘lgan prezident Gurbanguli Berdimuhamedov bo‘lishi mumkin.

Mamlakatda qora rangli mashinalar «shov-shuvli» taqiqlanganidan keyin 2018 yilning may oyida hukumat oq rangdagi mashinalardan tashqari barcha boshqa rangdagi mashinalarni ham taqiqlashga qaror qilgan. O‘sha vaqtda Ashxobod aholisi viloyatlarga qora rangdagi mashinalarni amal-taqal qilib sota olayotgan edi, biroq u yerlarda ham bunday mashinalar ro‘yxatga olinmay qo‘ygan. Shu sababli poytaxt aholisi mashinalarini bo‘yashiga to‘g‘ri kelgan. Ushbu xizmatga talab ortgani sababli narx-navo ham keskin ko‘tarilib ketgan.

Eslatib o‘tamiz, 2014 yilda turkmanistonlik mansabdorlar qora Mercedes’larini oq rangdagilariga almashtirishga majbur qilingandi. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!